Qanday foydalanish — to'liq qo'llanma
Test yaratishdan tashvish chekishingiz shart emas. Bu yerda har savolingizga javob bor.
Tezkor boshlash
Qanday ro'yxatdan o'taman?
Bosh sahifaning yuqori qismidan "Ro'yxatdan o'tish" tugmasini bosing. O'qituvchi yoki o'quvchi sifatida tanlang. Email va parol kiriting — tasdiqlash kodi orqali email tasdiqlanadi. Yoki Google akkountingiz bilan tezroq kiring.
Birinchi marta nima qilish kerak?
1) Akkount yarating. 2) Profilingizni to'ldiring (ism, fan, maktab). 3) O'qituvchi bo'lsangiz — birinchi testingizni yarating. O'quvchi bo'lsangiz — o'qituvchidan test login parolini oling yoki shaxsiy ro'yxatdan o'ting.
Bepul tarif qancha vaqt ishlaydi?
Bepul tarif — doimiy bepul. Cheklovlar: 10 ta testgacha, 100 ta o'quvchi, oyiga 5 ta AI generatsiya. Asosiy funksiyalar har doim ishlaydi.
O'qituvchilar uchun
Qanday test yarataman? (3 ta usul)
1) DOCX fayl yuklash — Word hujjatdagi savollar avtomatik ajratiladi. 2) Matn ko'chirish — savollarni terib kiriting. 3) AI bilan yaratish — mavzu va sinf yozasiz, AI savollarni tayyorlaydi. Eng tezi — AI usuli (30 sekund).
AI bilan moslash nima?
Format buzilgan DOCX yoki noaniq matn? "AI bilan moslash" tugmasini bosing — AI savollarni tartibga keltiradi, to'g'ri javoblarni belgilaydi va o'qish uchun moslashtiradi.
Guruh nima va qanday yarataman?
Guruh — sinf yoki o'quvchilar to'plami. "Guruhlar" sahifasida "Yangi guruh" tugmasini bosing. Nom kiriting, kunlar va vaqtni yozing. So'ng o'quvchilarni qo'shing. Testlarni faqat shu guruhga biriktirish mumkin.
Testni qanday boshlayman?
Testlar sahifasidan testning "Boshlash" tugmasini bosing. O'quvchilarga test login va parolni ayting. Ular kirib yechishni boshlaydi. Real vaqtda ish natijalarini kuzatib turish mumkin.
Natijalarni qanday tahlil qilaman?
"Natijalar" sahifasida har test bo'yicha o'quvchilar ro'yxati va ballari ko'rinadi. AI tahlil tugmasi — har savol bo'yicha statistika va tavsiyalar beradi (qaysi mavzuga ko'proq e'tibor berish kerak).
O'quvchilar uchun
Test login va parolni qaerdan olaman?
O'qituvchidan oling — u sizga maxsus login va parol beradi. Yoki shaxsiy hisob orqali ro'yxatdan o'ting va mustaqil testlarga kirish oling.
AI Tutor nima va qanday ishlatish kerak?
AI Tutor — shaxsiy o'qituvchingiz. Test yechganingizdan keyin har xato savol uchun "Tushuntir" tugmasi paydo bo'ladi. Bosing — AI nima uchun xato qilganingizni va to'g'ri javob nimani anglatishini tushuntiradi.
Roadmap (o'quv reja) nima?
AI sizning xatolaringiz asosida shaxsiy 7 kunlik o'quv reja tuzadi. Har kuni: qaysi mavzuni o'rganish kerak va qancha vaqt sarflash kerak. Pro+ tarifda mavjud.
Streak qanday ishlaydi?
Streak — kuningizning ketma-ketligi. Har kuni kamida 1 ta test yechsangiz — streakingiz oshadi. Bir kunni o'tkazib yuborsangiz — streak nolga tushadi. Bu motivatsiya uchun.
Sertifikat olamanmi?
Ha — har bir tugatilgan kurs yoki testdan keyin avtomatik sertifikat. Pro+ tarifda sertifikatlarda OsonTestOl logosi va sizning ismingiz bo'ladi.
AI vositalar
Qanday AI vositalar mavjud?
10+ ta AI vosita: savol yaratish, savol tavsiyasi, savolni yaxshilash, javob tushuntirish, natija tahlili, cheat aniqlash, mavzu tahlili, adaptiv test, shaxsiy o'quv reja, AI Tutor.
AI qaysi modelni ishlatadi?
OpenAI GPT-4o mini (matn) va GPT-4o (Vision — chek tekshirish uchun). Tez va arzon. 95% aniqlik bilan ishlaydi.
AI cheklovi nima?
Bepul: oyiga 5 ta AI generatsiya. Pro (49,000 so'm): 60 ta/oy. Pro+ (99,000 so'm): 150 ta/oy. Cheklov oylik (har oy boshida nolga tushadi).
AI savol yaratishda qanday kalit so'zlar ishlatish kerak?
Mavzuni aniq yozing: "Matematika" emas, "8-sinf — kvadrat tenglamalar". Sinf, qiyinlik darajasi va savol sonini belgilang. Erkin matn maydonida qo'shimcha ko'rsatma bering (masalan: "Real hayotdan misollar bilan").
Xavfsizlik va cheat
Test paytida nima qilish mumkin emas?
Boshqa oynaga o'tish, Ctrl+C/V/X, F12, kontekst menyusi — taqiqlangan. 3 ta ogohlantirishdan keyin test avtomatik yuboriladi.
Savol va variantlar har o'quvchiga bir xil chiqadi mi?
Yo'q — agar "Aralashtirish" yoqilgan bo'lsa, savollar va variantlar har o'quvchiga boshqacha tartibda chiqadi. Bu — ko'chirishni qiyinlashtiradi.
AI qanday qilib cheatni aniqlaydi?
AI barcha o'quvchilar javoblarini solishtiradi. Bir xil savollarga bir xil xato javob bergan juftliklarni topadi. "Bu ikkala o'quvchi 85% o'xshashlik — ehtimol ko'chirishgan" degan xulosa beradi (Pro+ tarifda).
Qaytarib yechish mumkinmi?
Faqat o'qituvchi ruxsati bilan. "Retake so'rovi" yuboring. O'qituvchi tasdiqlasa — test qaytadan ochiladi.
To'lov va obuna
Qanday to'layman?
Hozircha — Telegram bot orqali. Karta orqali pul o'tkazing → chek rasmni yuklang → AI tekshiradi va admin tasdiqlaydi → 1-2 soat ichida obuna faollashadi.
Soxta chek yubarsam nima bo'ladi?
AI har chekni forensik tekshiradi (raqamlar, font, sana, dublikat). Soxta chek aniqlansa — akkount UMRBOD bloklanadi, qayta ro'yxatdan o'tish mumkin emas, qurilma qora ro'yxatga kiradi.
Obuna avtomatik yangilanadimi?
Yo'q — avtomatik yangilanish yo'q. 30 kun o'tgach, qaytadan to'lash kerak. Yashirin to'lovlar yo'q.
Tashkilot tarifi qanday?
Maktab, kollej, o'quv markaz uchun — narx kelishilgan asosda. Cheksiz o'qituvchi akkounti, markaziy admin panel, maxsus brending. Bog'lanish: Telegram.